<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><aka>Najotkor</aka>
<lyrics>[V1]
 Sogʻinchlarim sado boʻlib,
 Uchib borsin samolarga.
 Tuygʻularim nido boʻlib,
 Aylansaydi sanolarga.

[V2]
 Meni yangi ijod qilgan,
 Ijodkorim, sanʼatkorim.
 Ibrohimga avlod qilgan,
 Xaloskorim, Najotkorim.

[V3]
 Sen hammadan ulugʻimsan,
 Mangulikka chorlagan
 Yurar yoʻlim, yoʻrigʻimsan,
 Hayotimda porlagan.

[V4]
 Gunohimga toʻlab tovon,
 Qilib boʻlding Oʻz ishingni.
 Bilmas edim men notavon,
 Meni cheksiz sevishingni.

[V5]
 Masih, Noming yuksalib,
 Ibrat olay soʻzlaringdan.
 Men ham xochim koʻtarib,
 Yuray endi izlaringdan.

[V6]
 Sen hammadan ulugʻimsan,
 Mangulikka chorlagan
 Yurar yoʻlim, yoʻrigʻimsan,
 Hayotimda porlagan</lyrics>
<title>Sogʻinchlarim sado boʻlib</title>
</song>